MYu etakchisi "Atletiko" bilan o‘yinga tayyor

  • 14 mart, 2022, 21:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" futbolchisi Bruno Fernandesh mashg‘ulotlarga qaytdi. U bugun umumiy tayyorgarlik yig‘inida ishtirok etgani aytilmoqda. 

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, portugalning EChL bahsida qatnashishi noaniq bo‘lib turibdi. Biroq bosh murabbiy Ralf Rangnik uni maydonga tushirishni rejalashtirgan. 

Eslatib o‘tamiz, Fernandesh avvalroq "Tottenxem"ga qarshi bahsni karantinda ekanligi sabab o‘tkazib yuborgandi. Ayni paytda u virusdan to‘liq sog‘aygan.

Bruno Fernandesh ushbu mavsum barcha musobaqalar doirasida 36 o‘yin o‘tkazib, 9 gol va 14 assist muallifiga aylangan.      

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!