
MYu etakchilaridan biri 1 oyga safdan chiqdi
“Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Skott Maktominey jarohati sabab taxminan 1 oy maydonga tusha olmaydi.
Metro nashrining xabar berishicha 22 yoshli futbolchi APLning 12-turidan o‘rin olgan “Brayton”ga qarshi o‘yinda to‘pig‘ini shikastlab olgan. Shifokorlar esa uning sog‘ayishi uchun 4 hafta vaqt ketishini aytishmoqda.
Shu tariqa Skott Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Kipr va Qozog‘istonga qarshi o‘yinlarda Shotlandiya terma jamoasiga yordam berolmaydi.
Ma’lumot uchun, Maktominey joriy mavsum MYuda jami 16 ta o‘yinda ishtirok etdi va 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U oktyar oyida jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
Fikrlar