MYu "Borussiyaga" uchta sabab keltirdi

  • 24 iyul, 2020, 16:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” mutasaddilari Jeydon Sancho transferi bo‘yicha “Borussiya”ga so‘nggi taklifini tayyorlamoqda.

Tecno

Dortmundliklar 20 yoshli yarim himoyachi uchun 100 million funtdan ham ko‘proq mablag‘ so‘ramoqda. Lekin manchesterliklar bu summani 80 millionga tushirmoqchi. Buning uchun “Mancheter Yunayted” vakillari uchta sababni ro‘kach qilmoqda. Xususan, inglizlar Sanchoning shartnomasi yana ikki yil davom etishini, o‘yinchining o‘zi terma jamoadagi do‘sti Markus Reshford bilan birga o‘ynash uchun Manchesterga ko‘chib o‘tishni istayotganini va pandemiya ta’sirini sabab qilib, transfer narxini arzonlashtirmoqchi.

Bundan tashqari, “Manchester Yunayted” bu taklifini mavsum yakunlanib, jamoa Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritganidan keyin yuboradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!