
MYu afsonasi yana jamoaga qaytadi
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Darren Fletcher yana “qizil iblislar” safiga qaytadi. Bu haqda Manchester Evening News nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 36 yoshli shotlandiyalik futbolchi 2019 yilning yozida “Stok Siti”dan ketgach o‘ziga jamoa topolmayotgan edi. Ammo, u futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida ma’lum qilmagan.
Hozircha Fletcher MYuda qanday lavozimda ish boshlashi noma’lum. Klub ham uning qaytishini hali rasman e’lon qilgani yo‘q.
Aytish lozimki, Darren Fletcher "Manchester Yunayted" safida 2002-2015 yillarda to‘p surgan, 223 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urishga erishgan.
Fikrlar