
MYu 20 yoshli futbolchi uchun 30 mln funt taklif qilmoqda
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi Frantsiyaning “Bordo” jamoasi hujumchisi Malkomga qiziqmoqda. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.
Yuqorida nomi tilga olingan manba bergan xabarga ko‘ra, mankunianlar 20 yoshli futbolchi uchun 30 mln funt taklif qilmoqda. Ushbu futbolchiga PSJ ham qiziqish bildirmoqda.
“Bu gaplar men “Korintians”da o‘ynab yurgan kezlarim ham yangragan edi. Men xotirjamman va bor e’tiborimni futbolga qarataman. Transfer bilan mening agentim va oilam shug‘ullanadi. Agarda, taklif bo‘lsa, albatta o‘ylab ko‘raman. Biroq hozir futbol o‘ynashda davom etishim kerak”, – deb aytib o‘tdi Malkomning o‘zi.
Ma’lumot uchun, Malkom bu mavsum Frantsiya chempionatida 17 bahsda maydonga tushdi va 7 ta gol urib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirmoqda.
Fikrlar