
MYu 20 yoshli braziliyalik hujumchi uchun 40 mln funtdan voz kechishga tayyor
“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu jamoa rahbariyatidan “Bordo”ning 20 yoshli braziliyalik hujumchisi Malkom borasida muzokaralar boshlashni so‘radi.
Goal internet portalining xabar berishicha mankuanliklar ushbu futbolchi uchun frantsuz klubiga 40 mln funt taklif qilishga tayyor. Biroq, “Bordo” Malkom uchun 55 mln funt talab qilmoqda.
O‘z navbatida MYudagilar ham “Bordo” davralar oralig‘ida o‘zining etakchi futbolchisini qo‘yib yubormasligini tushunib turishibdi va shuning uchun ham ular futbolchini garchi qishda sotib olishsada, uni mavsum so‘nggiga qadar “Bordo”ning o‘ziga ijaraga berishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Malkom joriy mavsum Frantsiya chempionatida 18ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar