MYu 100 ming tomoshabinlik stadion qurmoqchi. (Fotolar)

  • 11 mart, 15:21
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" egasi Sir Jim Ratkliff 100 ming o‘rindiqlik yangi stadion qurilishi haqida gapirdi. 
 
"Bugun biz juda hayajonli sayohatning boshlanishini nishonlayapmiz – qayta qurilgan "Old Trafford" markazida dunyoning eng buyuk futbol stadioni barpo etiladi. 
 
"Joriy stadionimiz bizga so‘nggi 115 yil davomida ajoyib xizmat qildi, ammo u dunyoning eng yaxshi arenalaridan orqada qoldi. Yangi stadionni mavjud joy yonida qurish orqali biz "Old Trafford"ning mohiyatini saqlab qolamiz va ayni paytda zamonaviy stadion yaratib, muxlislar uchun beqiyos tajriba taqdim etamiz. 
 
Shuningdek, yangi stadion "Old Trafford" hududining ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi uchun katalizator bo‘lishi juda muhim. Bu nafaqat qurilish jarayonida, balki stadion to‘liq qurib bitkazilgandan keyin ham ish o‘rinlari va sarmoyalar yaratadi. Hukumat infratuzilma investitsiyalarini ustuvor yo‘nalish sifatida belgilagan, ayniqsa Angliyaning shimoliy qismida, biz bu milliy va mahalliy ahamiyatga ega loyihani qo‘llab-quvvatlashdan faxrlanamiz" - deya ta’rif berib o‘tdi.







Eslatib o‘tamiz, ushbu fotolar va ma’lumotlar "qizil iblislar"ning rasmiy saytidan olindi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!