
Musaev:"Fyuri va Usik jangida bu hal qiluvchi omil bo‘ladi"
Hardkor FC chempioni Timur Musaev boks bo‘yicha Aleksandr Usik(21-0, 14 KO) va Tayson Fyuri(34-0-1, 24 KO) o‘rtasidagi og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni unvoni uchun jangdan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.
"Men bu qarama-qarshilikdagi imkoniyatlarni Fyuri foydasiga 55/45 deb baholayman. Tayson Fyuriga jismonan kattaligi va vazni tufayli ustunlikni beryapman, menimcha, bu hal qiluvchi omil bo‘lishi mumkin. Aleksandr Usik esa oyoqlari bilan tez ishlay oladi va harakatchan. Keling, yaxshisi, bu jangni shunchaki tomosha qilamiz”, - dedi Musaev.
Fikrlar