
Murodjon Axmadalievdan kamarlarni tortib olishmoqchi
Professional bokschimiz, birinchi yarim engil vazn toifasida (55.3 kg) WBA va IBF kamarlari egasi Murodjon Ahmadaliev o‘z kamarlarini 8 aprel kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Texas shtatida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida filippinlik Marlon Tapalesdan himoya qiladi.
Tapalesning promouteri Shon Gibbons uning holati haqida fikr bildirdi.
"Uning holati va tanasi "daxshatli" ko‘rinishda. Filippin yana bir jahon chempioniga ega bo‘lishiga oz fursat qoldi", - deydi Shon Business Mirror nashriga.
Marlon Tapales (39-3, 19KO) ham Ahmadalievga tegishli kamarlarni tortib olishni maqsad qilganini yashirib o‘tirmadi.
"Biz to‘xtamaymiz va chempion bo‘lmagunimcha vatanimga qaytmayman",-deydi Tapales.
Fikrlar