
Osiyo chempionati. Bugun 18 nafar bokschimiz final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi
Xabaringiz bor, 30 iyuldan 12 avgustga qadar Tailandning Bangkok shahri 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.
Osiyo chempionati o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirib kelmoqda. Bugun 22 yoshgacha bo‘lgan 18 nafar bokschimiz final uchun ringga ko‘tariladi. Qayd etish kerak, ushbu bosqichga U-22 jamoamiz yo‘qotishlarsiz, to‘liq tarkib bilan etib keldi.
-50 kg: Behruz Xoldorov - Thitivat Phlongaurai (Tailand);
-55 kg: Samandar Olimov - Jinseong Hong (Janubiy Koreya);
-60 kg: Shoxrux Abdumalikov - Harsh (Hindiston);
-65 kg: Sayat Ilyasov - Damdindorg Pusevdorj (Mo‘g‘iliston);
-70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov - Moeto Kavamura (Yaponiya);
-75 kg: Shavkatjon Boltaev - Thananchai Phoemsap (Tailand);
-80 kg: Rahmatullo Boymatov - Haoran Du (Xitoy);
-85 kg: Abdulaziz Abdurahmonov - Chaneong Nam (Janubiy Koreya);
-90 kg: Shahzod Polvonov - Mayur (Hindiston);
+90 kg: Halimjon Mamasoliev - Yooseung Shin (Janubiy Koreya);
-48 kg: Robiyaxon Baxtiyorova - Bavna Sharma (Hindiston);
-51 kg: Gulsevar Ganieva - Yu-Shan Liu (Xitoy Taypeyi);
-54 kg: Uzukjamol Yunusova - Thi To Nhu Tran (Vetnam);
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Miqi Vang (Xitoy);
-60 kg: Odinaxon Ismoilova - Priya (Hindiston);
-65 kg: Mohira Ahmedova - Shanatibieke Dina (Xitoy);
-70 kg: Oysha Toirova - Pei Ting Lo( Gong Kong);
+80 kg: Diyoraxon Abdumannobova - Assel Toktassin (Qozog‘iston).
Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar