Bokschilarimiz Osiyo chempionatini "portlatib tashladi"

  • 6 avgust, 18:07
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 30 iyuldan 12 avgustga qadar Tailandning Bangkok shahri 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.

Tecno

Musobaqa o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirib keldi. Bugun 22 yoshgacha bo‘lgan 18 nafar bokschimiz final uchun ringga ko‘tarildi. Qayd etish kerak, ushbu bosqichga U-22 jamoamiz yo‘qotishlarsiz, to‘liq tarkib bilan etib kelgandi.

Bugungi birinchi yarim finalda, -50 kg vaznda ringga ko‘tarilgan Behruz Xoldorov mezbon Thitivat Phlongauraiga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, turnirni bronza medali bilan yakunladi;

Samandar Olimov -55 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, Janubiy Koreya bokschisi Jinseong Hongni birinchi raundning dastlabki soniyalaridanoq taslim etdi;

-60 kg vazndagi bokschimiz Shoxrux Abdumalikov, yarim finalda hindistonlik Harsh ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi;

Bokschimiz Sayat Ilyasov -65 kg vazndagi yarim finalda mo‘g‘ilistonlik Damdindorg Pusevdorjni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi;

Muhammadazizbek Ismoilov ham finalda. Bokschimiz bu yo‘lda -70 kg vaznda yaponiyalik Moeto Kavamurani 5:0 hisobida mag‘lub etdi;

 

Shavkatjon Boltaev ham finalda! Bokschimiz yarim finalda mezbon Thananchai Phoemsapga hech qanday imkon qoldirmadi - 5:0;

-80 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, Rahmatullo Boymatov xitoylik Haoran Dudan 5:0 hisobida ustun keldi;

Abdulaziz Abdurahmonov -85 kg vaznda Osiyo chempionatining finaliga yo‘l oldi. Bokschimiz bu yo‘lda Janubiy Koreya vakili Chanyeong Namni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi;

Shahzod Polvonov ham finalga yo‘l oldi. Bokschimiz yarim finalda hindistonlik Mayurni 4:1 hisobida mag‘lub etdi;

Halimjon Mamasoliev +90 kg vaznda bo‘lib o‘tgan yarim finalda, bokschimiz Janubiy Koreya vakili Yooseung Shinni 2 raundda texnik nokautga uchratdi;

-48 kg vaznda bo‘lib o‘tgan yarim finalda, Robiyaxon Baxtiyorova hindistonlik Bavna Sharmadan 4:1 hisobida ustun keldi.

Gulsevar Ganieva -51 kg vaznda bo‘lib o‘tgan jangda, Xitoy Taypeyi vakilasi Yu-Shan Liuni 3:2 hisobida engdi;

Uzukjamol Yunusova ham final bahsiga yo‘l oldi. Vakilamiz -54 kg vaznda Vetnam bokschisi Thi To Nhu Tranga hech qanday imkon qoldirmadi - 5:0;

-57 kg vaznda bo‘lib o‘tgan yarim finalda, Xumorabonu Mamajonova ham xitoylik Miqi Vangni mag‘lub etdi - 5:0;

-60 kg da Odina Ismoilova hindistonlik Priyadan 5:0 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani bronza medali bilan yakunladi.

-65 kg da Mohira Ahmedova ham Osiyo chempionatini bronza bilan tugatdi. Bokschimiz yarim finalda xitoylik Shanatibieke Dinaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi - 0:5.

-70 kg da Oysha Toirova 2-raundda Gong Kong vakilasi Pei Ting Loni texnik nokautga uchratdi.

+80 kg da Diyoraxon Abdumannobova Qozog‘iston vakilasi Assel Toktassinga ochkolar bo‘yicha imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqani bronza medali bilan yakunladi.

Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!