Murodjon Ahmadalievning navbatdagi jangiga buyruq berildi. Uning raqibi ma’lum

  • 9 yanvar, 2022, 10:29
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning birinchi yarim engil vazn toifasida (55,3 kg) WBA va IBF kamarlari egasi Murodjon Ahmadaliev yana himoya jangini o‘tkazishi kerak. Aniqrog‘i, IBF tashkiloti majburiy da’vogar filippinlik Marlon Tapalesga qarshi jangga buyruq berib, muzokaralar olib borish uchun 2 fevralga qadar muddat belgiladi. 

Tecno

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, muzokaralar allaqachon boshlab yuborilgan va bir necha haftada yakunlanishi kutilmoqda. 

FIi7FaIVkAI7vFO

Tomonlar o‘zaro kelishuvga erishmagan taqdirda, jangni tashkil qilish uchun ochiq promouterlik savdosi o‘tkaziladi. 

Sobiq WBO chempioni hisoblangan Tapales (35-3, 18KO) 2021 yil 11 dekabr kuni eliminator jangida yaponiyalik Hiroaki Teshigavarani 2-raundda nokautga uchratgan holda g‘alaba qozonib, majburiy da’vogarlik maqomini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u oldinroq Murodjon Ahmadalievning sobiq raqibi Ryosuke Ivasadan muddatidan oldin mag‘lub bo‘lgan. 

Ahmadaliev (10-0, 7KO) o‘zining oxirgi bahsida chililik Hose Velaskesdan ochkolar hisobida ustun kelgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!