Murodjon Ahmadaliev va Ronni Rios jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

  • 25 iyun, 2021, 09:15
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning birinchi yarim engil vazn toifasida (-55,2 kg) WBA Super va IBF jahon chempionlik kamarlari egasi hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev (9-0, 7KO) o‘zining navbatdagi jangini WBA yo‘nalishida majburiy da’vogar Ronni Riosga (33-3, 16KO) qarshi o‘tkazishi haqida ma’lumot bergan edik.

Tecno

Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha mazkur bahs 28 avgust kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Kechaning markaziy to‘qnashuvida Xuan Fransisko Estrada Roman Gonsalesga qarshi trilogiya janginini o‘tkazadi. Boks oqshomi qaerda bo‘lishi hozircha noma’lum. Tahminiy manzil sifatida Kaliforniyadagi "Dignity Health Park" va Los-Anjelesdagi "Staples Center" arenalari aytib o‘tilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!