
Murodjon Ahmadaliev qachon yurtimizga qaytib keladi?
Ahmadaliev WBA va IBF kamarlari uchun mezbonlar vakili Daniel Romanga qarshi ringga ko‘tarildi. 12 raund davom etgan jang yakunida hakamlar yurtdoshimizning g‘alabasini (115:113, 113:115, 113:115) e’tirof etishdi.
Shu tariqa, 19 jang davomida mag‘lubiyat nimaligini bilmagan Romanning kamarlari endilikda Ahmadalievga tegishli bo‘ladi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda Murodjon Ahmadaliev 2020 yil 3 fevral kuni kunduzi soat 10:00da Nyu-York-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha Toshkentga uchib keladi.
Fikrlar