
Muhammad Salohni nega hurmat qilishmaydi?
Angliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted”ning sobiq himoyachisi Gari Nevill “Lverpul” etakchisi Muhammad Salohga nega individual sovrinlar berilmayotganidan hayron ekanini bildirdi.
- Men Muhammad Salohni butun dunyoda ham hurmat qilmasliklarini his qilyapman.Uning tarixi ajoyib. Saloh “Liverpul”ga o‘tganida e’tibor qaratmagan edim. Keyin ajoyib o‘yin ko‘rsata boshladi. Men bu uzoq cho‘zilmaydi, keyin mavsumda o‘zini ko‘rsata olmaydi, deb o‘yladim.
Muhammad Saloh keyingi mavsumda ham zo‘r o‘ynadi. Oxirgi 3-4 yil ichida uning harakatlari o‘ziga ham, jamoasi foydasiga ham ishladi. U jamoasiga chempionlik va Chempionlar ligasi g‘olibligini keltirdi.
Men bu o‘yinchini nega ramziy terma jamoalarga kiritishmayotgani va unga nufuzli sovrinlar taqdim etishmayotganini hali ham tushunmayman. Vaholanki, Muhammad Saloh Angliya premer-ligasining eng zo‘r o‘yinchisi, - dedi Gari Nevill.
Fikrlar