Muhammad Saloh yanvarda Saudiya Arabistoniga o‘tyaptimi? Liga rahbari javob berdi

  • 18 dekabr, 2023, 07:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni professional ligasidagi transfer siyosatiga mas’ul shaxs – liga texnik direktori Maykl Emenalo “Liverpul” hujumkor futbolchisi Muhammad Salohning transferi bo‘yicha fikr bildirdi.

Tecno

- Muhammad Saloh, huddi shuningdek, Lionel Messi, Karim Benzema, Krishtianu Ronaldu, Kevin de Bryuyne kabi yulduzlarni o‘z ligamizga qo‘shib olish imkoni tug‘ilishi bilan ularga shartnoma taklif qilinadigan o‘yinchilar ro‘yxatiga kiradi.

Shunga qaramay, biz Muhammad Saloh hozirgi klubi “Liverpul”da o‘zini baxtiyor his qilayotgani va o‘z tarixini yaratayotganini ham tushunishimiz kerak. Biz buni hurmat qilamiz va bosim o‘tkazishni istamaymiz, - dedi Maykl Emenalo.

Ma’lumki, Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasi misrlik to‘purar uchun “Liverpul”ga 230 million evro badal puli taklif qildi. Biroq liverpulliklar 31 yoshli o‘yinchisini qo‘yib yuborishni istamadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!