
Muhammad Saloh yakuniy qarorga keldi
“Liverpul” Chempionlar ligasi finalida “Real”ga imkoniyatni boy berganidan keyin tarkibida o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Ayrim o‘yinchilar sovrinsiz mavsumdan keyin6 Yurgen Klopp jamoasini tark etmoqchi.
Jamoaning etakchi hujumchisi Muhammad Saloh faoliyatini qaerda davom ettirish bo‘yicha bir qarorga keldi.
Liverpool Echo nashrining xabar berishicha, misrlik to‘purar kelasi mavsumni ham “Liverpul”da o‘tkazadi. Uning amaldagi shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolganiga qaramay, u o‘z jamoasida to‘p tepishni istayapti.
Mavsum davomida Muhammad Saloh Liverpuldan ketishi haqida bir necha marta xabar tarqatildi. Unga “Real”, “Barselona” va “Bavariya” shartnoma berishga tayyor.
Fikrlar