Muhammad Saloh o‘rnini “Real” yulduzi egallaydi

  • 19 sentabr, 2023, 14:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” rahbariyati asosiy to‘purar Muhammad Salohning ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tecno

Saudiya Arabistoni klublari misrlik hujumchi uchun pulni ayamoqchi emas. “Liverpul” yozda mo‘may daromad evaziga 32 yoshli futbolchini qo‘yib yuborishi kutilyapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, liverpulliklar Muhammad Salohning o‘rniga “Real” hujumchisi Rodrigoni olib kelmoqchi. 22 yoshli braziliyalik futbolch madridliklar jamoasida 2019 yildan beri to‘p tepmoqda. Uning amaldagi shartnomasim 2025 yilning yozida tugaydi.

“Liverpul” agar Rodrigoni Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirsa, transfer uchun 100 million evro atrofida pul sarflashiga to‘g‘ri keladi.

Yaqinda Yurgen Klopp jamoaga yangi o‘yinchilar olib kelinayotgan sababli o‘yin uslubini o‘zgartirishga harakat qilayotganini bildirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!