Muhammad Saloh o‘rniga uchtasi

  • 14 oktabr, 2024, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”ning keyingi yillardagi eng zo‘r to‘purari Muhammad Salohning klubdagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi.

Tecno

Misrlik hujumchining amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Salohning o‘zi hali klub bilan hamkorlikni uzaytirish borasida kelishib olgani yo‘q.

CaughtOffside nashrining yozishicha, “qizillar” Muhammad Saloh o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan uch nafar hujumkor futbolchini topib qo‘ydi.

Manbaga ko‘ra, yozda transfer qilinishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar ro‘yxatiga “Borussiya Dortmund” hujumkor futbolchisi Karim Adeyemi, “Ayntraxt” to‘purari Umar Marmush va “Vest Xem” forvardi Muhammad Qudus kiritilgan.

Muhammad Saloh 2017 yildan beri liverpulliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. 32 yoshli futbolchini Saudiya Arabistoni va AShQ klublari o‘z safida ko‘rmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sunnatjon Hamdamov
14/10/2024 11:25
Kudusni sinab kurish kerak