
MTJ uddalay olmagan ishni olimpiyachilarimiz qoyillatdi (fotoreportaj)
O‘zbekiston OTJ ikkinchi o‘yinda ham Erondan ustun keldi. "Paxtakor" markaziy stadionida kechgan uchrashuvda Lyubinko Drulovich shogirdlari 4:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Bobir Abduxoliqov xet-trikka erishgan bo‘lsa, Jasur Yaxshiboev bir bor o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Bunga esa mehmonlar safida Mehdi Goedi bir bor javob qaytara oldi xolos.
Eslatib o‘tamiz, bundan uch kun oldin Olmaliqda bo‘lib o‘tgan dastlabki qarama-qarshilikda ham hamyurtlarimiz zafar quchgan (1:0) edilar. E’tiborlisi, o‘sha bahsda ham Jasur Yaxshiboev raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishgan edi.




























Fikrlar
___
Our future depends on the young!