
Mourinoning "Roma"da qolish-qolmasligi keyingi bir necha hafta ichida hal bo‘ladi
"Roma" rahbariyati Joze Mourinoning shartnomasi bilan bog‘liq vaziyatni ko‘rib chiqmoqda.
Poytaxt klubi hali "Special One" bilan yangi shartnoma tuzish bo‘yicha rasmiy muzokaralarni boshlamagan. Biroq "Corriere della Sera" nashri xabariga ko‘ra, barchasi "Roma" portugaliyalikning uzoq muddatli kelajagiga ishonchi ortib borayotganidan dalolat beradi. Mourinoning o‘zi allaqachon rimliklar bilan yangi shartnoma imzolashga qiziqish bildirgan.
Keyingi bir necha hafta ichida yangi shartnoma imzolash yoki imzolamasligi masalasi hal bo‘ladi.
Fikrlar