Mourinoni qutqargan Shomurodovning o‘yini Italiyada qanday baholanyapti?

  • 20 avgust, 2021, 08:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodov bir kechada Rim qahramoniga aylandi. UEFA Konferentsiya ligasi pley-off bosqichining dastlabki uchrashuvida “Trabzonspor” darvozasiga g‘alaba to‘pini kiritgan o‘zbekistonlik futbolchi haqida Italiya matbuoti tinimsiz yoza boshladi.

Tecno

Ha, Eldorning rasmiy debyuti juda muvaffaqiyatli chiqdi, qolaversa, legionerimiz “Roma”ning mavsumdagi ilk uchrashuvida g‘alabani ta’minlash orqali barchaning diqqat-markazida turgan bosh murabbiy Joze Mourinoning ham yuzini yorug‘ qildi.

Sports.uz portali e’tiboringizga Italiyaning etakchi ommaviy axborot vositalari tomonidan Eldor Shomurodov haqida e’lon qilingan munosabatlarni havola etadi.

5839f729ae841fb1a04bfc7a3c2434b3

Salciomercato

Shomurodov uchrashuvning 75 daqiqasi davomida arvohdek ko‘zga ko‘rinmadi va hech narsa bilan o‘zini ko‘rsatmadi. Lekin keyin o‘zini hujumdagi yirtqich singari namoyish qildi. U Manchinining zarbasidan so‘ng, ustunga tegib qaytgan to‘pni  darvoza to‘riga joylay oldi. Shomurodov 10 balli tizimda 6 bahoga loyiq o‘yin ko‘rsatdi.

Eurosport Italia

Shomurodov ikki marta o‘yinga qo‘shildi va bu vaziyatlarda gol bo‘lishi kerak edi. Avvaliga hujumga o‘tgan Rik Karsdorpni qulay pozitsiyaga chiqardi. Biroq zarba darvoza to‘riga tashqi tomondan tegdi. Lekin ikkinchi vaziyatda Shomurodov mezbonlar darvozasini ishg‘ol qilib, “Roma”ga ustunlikni qaytardi.

Forzaroma

Shomurodov og‘ir kechgan debyut uchrashuvini g‘alaba goli bilan nishonladi. Turkiya klublariga qarshi safarda to‘p tepish juda mushkul vazifa. Ayniqsa, qattiq qarshilikka duch keladigan hujum chizig‘i vakillariga qiyin bo‘ladi. Eldorga to‘p kam etib keldi va ba’zan hujumchi xatoga yo‘l qo‘ydi. Lekin Shomurodov o‘zi uchun omadsiz o‘yinda ham gol ura olishini ko‘rsatdi. Bu hujumchi uchun juda muhim hislat.

TuttoMercatoWeb

ShoMOURodov (“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino ham “nishonga” olinmoqda) Mourinoni qutqarib qoldi. Bu yuksak saviyadagi murabbiyga yarashadigan debyut bo‘lmadi. Jamoa kutilgan o‘yinni namoyish qila olmadi. Vaziyatni jamoaning yangi hujumchisi Eldor Shomurodov o‘ngladi. U avval “Roma”ning o‘rtoqlik o‘yinlarida gol urgan edi va endi rasmiy bahsda ham raqib darvozasiga yo‘l topa oldi.

La Gazzetta dello Sport

Agar Shomurodov zaxiraga olinishidan bir daqiqa oldin gol urmaganida bu o‘zbek futbolchisi uchun omadsiz debyut bo‘lardi. U o‘tgan yilning oxirida “Jenoa”da ko‘rsatgan o‘yinini ko‘rsata olmadi. Shu bilan birga bu hujumchi yangi jamoaga endi moslashayotganini unutmaslik kerak. Mourino o‘sha pallada Shomurodovni almashtirish uchun Borza Mayoralni chaqirgan edi. Aynan shu payt Eldor “Roma”dagi debyut golini urishga erishdi. Uning omadi chopdi va juda kerakli vaqtda to‘p kiritdi.

3203851-65632288-2560-1440

Tutto Sport

Shomurodov yaxshi ko‘rsatkichlarga ega va mehnatkash hujumchi. Lekin “Trabzonspor” bilan bahsa o‘zidan kutilgan o‘tkir o‘yinni namoyish qila olmadi. Balki 40 million evroga xarid qilingan Temmi Abraxamning hujumchilik qobiliyati Eldordan ustundir. Shunga qaramay, Shomurodov hal qiluvchi golni urib, uchrashuv qahramoniga aylandi.

Vadim Abramov: Shomurodov porlamoqda, O‘runov esa Eldorning izidan borishi mumkin!

Shomurodov zo‘rmi yoki Abraxam yoxud Mourino kimga imkon beradi?

Shomurodovning o‘zi “Roma”ga o‘tgani haqida nimalar dedi?

Eldor Shomurodov va 61 ta gol!

Mourino g‘alaba mashinasini yaratmoqda va unda asosiy ishni Shomurodov bajarishi kerak!

Hamma ham Shomurodov bo‘lolmaydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
20/08/2021 09:28
Италия матбуоти Юбан бўлганми нима бало. Шомуродов учрашувни 75 дақиқасида арвоҳдек кузга кўринмади эмиш. Э пашолл санга наҳууйй КАЛКИОМЕРКАТО. У ортга қайтиб бир неча бор тўпни жамоаси учун олиб бердику. Ҳужумда Рик Карсдропни қулай нуқтага чиқариб пас берди лапашанг Карсдроп ура олмадику... яна нима қилсин 10 балли тизимда камида 9 балга лойиқ ўйнадику лапашнг Италия матбуоти. Омадли дебют бўлди Элдордан.
&
Турсун Ғани
20/08/2021 09:28
Италия матбуоти Юбан бўлганми нима бало. Шомуродов учрашувни 75 дақиқасида арвоҳдек кузга кўринмади эмиш. Э пашолл санга наҳууйй КАЛКИОМЕРКАТО. У ортга қайтиб бир неча бор тўпни жамоаси учун олиб бердику. Ҳужумда Рик Карсдропни қулай нуқтага чиқариб пас берди лапашанг Карсдроп ура олмадику... яна нима қилсин 10 балли тизимда камида 9 балга лойиқ ўйнадику лапашнг Италия матбуоти. Омадли дебют бўлди Элдордан.
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
20/08/2021 08:53
He hadeb Shomani ayblamasdan jamoa pleymekrlari haqida ham fikr bildirishsa bo‘lardi bu nozik tab Roma muhlislari Bir norm pas berdimi o‘zi Shoma shu yo‘q joydan urdiku golni
&
Ашуров Бахтийор
20/08/2021 10:25
Шомуродов ҳужумда кам кўринган билан ҳимояда кўпрок иш берди.Кечаги ўйинни ўша голлий вазиятда такрорийни зарбадан гол урди.Энг асосийси ҳужумчи рақиб жарима майдонида жой таллай билиши керак.Буни эса Шомуродов яхши уддалади.Ҳужумчининг энг асосий ҳислатлардан бири кераклий пайтида тўғри позиция танлашда.