
Mourinoni Angliyaga chaqirishyapti
“Roma”dagi muvaffaqiyatsizliklardan keyin ishsiz qolgan va keyinchalik “Fenerbahche”ni qabul qilib olgan Joze Mourino yana top-ligalarda ishlash imkoniga ega bo‘ldi.
Transfer News Live va Football Insider kabi nashrlarning ma’lum qilishicha, portugaliyalik mutaxassisga Angliya Premer-ligasida talab bor.
“Roma” xo‘jayini Den Fridkin “Everton”ni sotib olish bo‘yicha ish boshlagan. Savdo ishlari tugashi bilan amerikalik biznasman bosh murabbiy Shon Daych o‘rniga eski qadrdoni Joze Mourinonini olib kelishni rejalashtirmoqda.
Mourino Angliya jamoalari bilan ishlashda katta muvaffaqiyatlarga erishgan. U o‘z davrida “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Tottenxem” singari grand klublarni boshqargan.
Fikrlar