Mourino xizmatiga “koreyalik maxluq” keladi

  • 15 yanvar, 2021, 13:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Janubiy Koreya terma jamoasi etakchisi  Son Xin Minning o‘yinlaridan ilhomlangan Joze Mourino “Tottenxem”ga uning do‘sti Kim Min Chjeni ham olib kelishga qaror qildi.

Tecno

Ayni paytda Xitoy chempionatida “Beytszin Goan” jamoasi sharafini himoya qilayotgan markaziy himoyachi yirik jussasi, bo‘y-basti va tashqi ko‘rishini tufayli “koreyalik maxluq” laqabi bilan mashhur.

min-jae_kim_1

Kim Min Chjening xitoyliklar bilan shartnomasi 2021 yilning dekabrida yakunlanadi. “Tottenxem” 24 yoshli futbolchini yozda arzonroq summaga sotib olish imkoniga ega bo‘ladi.  Mourinoning qo‘l ostida Son Xin Min borligi ham bu transferni amalga oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyat hisoblanadi.

Shu o‘rinda, Angliya futboliga mos tushishi aytilayotgan jismonan baquvvat va baland bo‘yli himoyachiga “Chelsi” ham qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!