
Yulduzlar mojarosi. Mourino Ronalduni yig‘latgani haqida
“Real” yarim himoyachisi Luka Modrich “Mening o‘yinim” nomli avtobiografiyasida Joze Mourino va Krishtianu Ronaldu mojarosini ham qalamga olgan.
- Mourinoning munosabati meni hayron qoldirdi. Ispaniya kubogida biz 2:0 hisobida oldinda edi. Ronaldu raqib futbolchisini ta’qib qilmadi. Jozening achchig‘i chiqdi. Ular maydonning o‘zida uzoq tortishishdi. Tanaffusda kiyim almashtirish xonasiga qaytganimizda Ronalduning juda xafaligini ko‘rdim, u yig‘lab yuboray deb turardi. Ronaldu “Men bor kuchim bilan o‘ynayapman, u esa meni tanqid qilyapti”, dedi. Mourino kelib, yana tanqidlarini boshladi. Mojaro kuchayib ketganidan keyin o‘yinchilar ularni ajratib qo‘ydi, - deb yozadi Luka Modrich.
Ronaldu “Real”da Mourinoning qo‘l ostida 106 ta o‘yin o‘tkazib, 120 ta gol ugan.
Fikrlar