
Mourino Reshfordga tan berdi!
“Tottenxem” bosh murabbiyi Joze Mourino “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshfordni maqtadi.
- U ajoyib ish qildi. Bir futbolchi hukumatga ta’sir o‘tkaza olganiga qoyil qoldim. Bir necha yil oldin 18 yoshli bola bilan tanishgandim. U hozir haqiqiy erkak va o‘z printsiplariga ega inson bo‘lib etishdi, - dedi Mourino.
Markus Reshford o‘zining aktiv harakatlari bilan Britaniya hukumati tomonidan koronavirus vaqtida bolalarga bepul ovqat tarqatish tizimini davom ettirish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun 120 million funt ajratilishiga erishdi.
Fikrlar