
Mourino nihoyat zo‘r hujumchi topdi
“Tottenxem”dan Fernando Lorente ketganidan keyin, jamoada faqatgina bitta markaziy hujumchi Harri Keyn qoldi. Joze Mourino unga o‘rinbosar sifatida yuqori saviyadagi forvardni qidirayotgan edi.
Chunki “Tottenxem” joriy mavsumda ichki musobaqalardan tashqari Evropa ligasida qatnashadi. Hech qaysi murabbiy butun mavsum davomida bitta hujumchi bilan kifoyalanmaydi. Shu bois Mourino asosiy e’tiborini to‘purar futbolchi tanlashga qaratgan.
Ayni paytda londonliklar kuzatayotgan hujumchilar qatoriga “Sautgempton” to‘purari Denni Ingz ham kirdi. Ungacha portugaliyalik mutaxassis Habib Diallo, Arkadiush Milik, Karlos Vinisius, Patson Daka va Andrea Belotti kabi hujumchilarga qiziqayotgan edi.
Fikrlar