
Mourino "Lester"dan chaqirgan hujumchi Shomurodov o‘rnini egallashi kerak
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino hujum chizig‘ini yanada kuchaytirish maqsadida yangi o‘yinchilar qidirishda davom etmoqda.
AS nashrining ma’lum qilishicha, portugaliyalik mutaxassis zaxirada qolib, istalgan vaqtda o‘yinni kuchaytira oladigan tajribali hujumchiga ehtiyoj sezmoqda. Hozircha, “Roma”da bu vazifani Eldor Shomurodov bajarmoqda.
Lekin yanvar oyida o‘zbek hujumchisi poytaxtni tark etishga yaqin turibdi.
Mourino zaxira hujumchisi vazifasini “Lester” vakili Ayoz Peresga topshirmoqchi. 29 yoshli futbolchi “tulkilar” safida ham asosiy tarkibga kira olmayapti. Peres joriy mavsumda atigi etti marta maydonga tushgan.
“Lester” bu futbolchini 2019 yili katta umidlar bilan “Nyukasl”dan 35 million evroga transfer qilgandi. Lekin shundan beri Peres 111 marotaba maydonga tushib, 15 ta gol va 12 ta assist qayd etdi xolos.
Fikrlar