Mourino: Dibalani “Roma”ga o‘tishga o‘zim ko‘ndiraman!

  • 20 may, 2022, 07:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joze Mourino “Yuventus” bilan shartnomasi yakunlanayotgan Paulo Dibalani Rimga kelishini istayapti. Portugaliyalik mutaxassis turinliklar bilan bo‘lgan o‘yindan keyin argentinalik yulduzga unga ustozlik qilmoqchiligini aytgani ham bejiz emas.

Tecno

Football Italia nashrining ma’lum qilishicha, Mourino Dibalani ko‘ndirish uchun unga shaxsan o‘zi bog‘lanib, amalga oshirayotgan loyihasi ahamiyati va Pauloning undagi ishtiroki bo‘yicha gaplashib olishga tayyor.

A Seriyada Dibalaga mamlakatning amaldagi chempioni “Inter” ham jiddiy qiziqish bildiryapti. Ular oldingi chiziqda Argentina terma jamoasining ikki o‘yinchisi – Dibala va Lautaro Martines tandemini o‘ynatmoqchi.

Pauloga “Tottenxem”, “Manchester Yunayted”, “Arsenal” kabi klublardan chorlov bor. Hujumchining o‘zi o‘yin uslubi Angliya futboliga mos emas, deb hisoblayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!