
Mourino "Benfika"ga qaytgach o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi
"Benfika"ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino Lissabon klubiga tayinlanganidan keyingi hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Ichimdan ko‘plab hayajonli his-tuyg‘ular o‘tmoqda, lekin tajriba ularni nazorat qilishga yordam beryapti. Ishonch uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Faxr tuyg‘usini his qilyapman.
Bu klubning tarixi va an’analarini bilmaydigan birorta portugaliyalik yo‘q. Men dunyodagi eng katta klublardan birining murabbiyiman. Men o‘zim uchun qiziqarli bo‘lgan ushbu missiyaga e’tibor qaratmoqchiman.
"Benfika"da ishlaganimga 25 yil bo‘ldi. Ammo men bu erga faoliyatimning 25 yilligini nishonlash uchun kelganim yo‘q. Aytmoqchimanki, men murabbiylik qilgan katta klublarning hech biri menda "Benfika" kabi sharaf, mas’uliyat va motivatsiya hissini uyg‘otmagan. Men so‘zlarni shamolga sovurmayman, balki shu vazifa bilan yashayman. 48 soatdan keyin bizda o‘yin bo‘ladi va hozir undan muhimroq narsa yo‘q", - dedi Mourino matbuot anjumanida.
Fikrlar