
Morata yozda qaysi jamoaga o‘tishni xohlayotgani ma’lum
"Yuventus"da ijara asosida to‘p tepayotgan hujumchi Alvaro Morata "Barsa"ga o‘tish fikridan hamon qaytgani yo‘q.
Qishda "ko‘k-anorranglilar" Moratani o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rdi, biroq Madrid klubi bunga qarshi bo‘ldi.
Shunday bo‘lsa-da ispaniyalik forvard yozda Kataloniya klubiga o‘tmoqchi. Sababi, u Xavining loyihasiga ishonmoqda, deya xabar berdi "Diario Sport" nashri.
Eslatib o‘tamiz Alvaro joriy mavsum 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 5 ta assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar