
Modrich Xorvatiyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
“Real” Madrid klubi yarim himoyachisi Luka Modrich Xorvatiyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda mamlakat futbol assotsiatsiyasi xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli futbolchi Xorvatiya terma jamoasi safida 2006 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U yakunlangan mavsum La Ligada 34ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Ma’lumot uchun, Xorvatiya terma jamoasi dastlab 8 iyun kuni Uelsga qarshi Evro-2020 saralashida maydonga tushadi. So‘ngra esa 11 iyun kuni Tunis terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar