
Modrich uchun hozir Braziliyaga qarshi o‘yin hamma narsadan muhim
Xorvatiya terma jamoasi sardori Luka Modrich terma jamoadagi faoliyatiga qachon yakun yasashi borasidagi savolga javob berib o‘tdi.
"Men hozir kelajak haqida o‘ylayotganim yo‘q. Qanchagacha yordam bera olishimga qarayman va men 100 foiz ishontirib aytamanki, hozir bor e’tiborim mundialga qaratilgan.
Hali bu haqda o‘ylashga vaqt topiladi. Braziliyaga qarshi o‘yin men uchun hozir eng muhimi", - dedi "Real" Madrid klubi yarim himoyachisi.
Eslatib o‘tamiz, Xorvatiya chorak finalda Braziliya bilan kuch sinashadi. Bahs 9 dekabr kuni 20:00 da start oladi.
Fikrlar