Modrich "Real"dagi kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qildi

  • 2 aprel, 2020, 18:17
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich Madrid klubida to‘p surishda davom etadi, deya xabar bermoqda Ispaniyaning mashhur As nashri.

Tecno

34 yoshli xorvatiyalik futbolchining "qaymoqrangliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yil yozigada yakuniga etadi.

Ta’kidlanishicha, Modrich murabbiylar shtabi bilan klubdagi kelajagi haqida suhbatlashib olgan va agar u yuqori saviyada o‘ynay olmasligini his qilsa, unda boshqa futbolchilarga yo‘l berishga tayyor ekanligini aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, xorvatiyalik futbolchi "Real" tarkibida 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!