Modrich: Mbappening yo‘lini tutmayman

  • 25 may, 2022, 16:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich yangi shartnoma borasida fikr bildirdi.  Futbolchi undan Kilian Mbappe kabi harakatni kutmaslik kerakligini aytdi. 

Tecno

"Men hozircha yangi shartnoma imzolamadim, ammo aniq Mbappe uslubini qo‘llamayman. Umid qilamanki, klub menga unday yo‘l tutmaydi", - dedi xorvatiyalik havbek. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Luka "qirollik klubi" bilan 1 yillik shartnoma imzolaydi. Uning "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsum Modrich 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 12 golga assistentlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!