
Modrich Mbappega qanday maslahat berdi?
“Real” Madrid klubi xavbeki Luka Modrich PSJ hujumchisi Kilian Mbappe yanada rivojlanishi uchun kuchliroq chempionatga o‘tishi kerakligini aytdi.
“Kilian maydonda ustunlik qilish uchun hamma sifatlarga ega. Ammo, yanada yuqoriga sakrash uchun uning jamoasi kuchli klublarga qarshi o‘ynaydigan kuchliroq chempionatga o‘tishi kerak”, - deydi xorvatiyalik futbolchi.
Mbappe 2017 yil “Monako”dan PSJga ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum Frantsiya chempionatida 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 18 ta gol hamda 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar