
Modrich hamyurtimizning jamoadoshiga aylanishi mumkin
"Real" a’zosi Luka Modrich hali ham so‘nggi qarorni qabul qilgani yo‘q. U mazkur mavsumda ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayapti. So‘nggi marta 10 mart kuni bo‘lib o‘tgan "Selta"ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibga kiritilgan xorvat yozda jamoani tark etishi ham mumkin. Unga esa Turkiya klubidan qiziqish bor.
"Diario Sport" nashri xabar berishicha, ikkinchi divizion g‘olibligini qo‘lga kiritgan "Eyupspor" 39 yoshli futbolchiga taklif bilan chiqmoqchi. Arda Turan boshchiligidagi klub kelasi mavsumdan Turkiya superligasida ishtirok etishini hisobga olib, tarkibni kuchaytirishni maqsad qilgan.
Eslatib o‘tamiz, mazkur Turkiya jamoasida hamyurtimiz Jahongir O‘rozov harakat qiladi. Futbolchi 2023 yil yozgi transferlar oynasida "Bunyodkor"dan 300 ming evro evaziga "Eyupsor" tarkibiga borib qo‘shilgan.
O‘razov hozirgi kunga qadar klubi safida 1 ta o‘yinda maydonga tushdi. Himoyachi asosan yoshlar jamoasida harakat qilmoqda.
Fikrlar