
MMA tarixidagi eng buyuk jangchi kim? Dana Uayt javob berdi
UFC bosh direktori Dana Uayt promoushenning og‘ir vazn toifasidagi chempioni Jon Jonsni MMA tarixidagi eng buyuk jangchi, deb atadi.
"Jon Jons va men biznes nuqtai nazaridan ajoyib munosabatlarga ega emasmiz, lekin bu mening unga bo‘lgan qarashimni o‘zgartirmaydi. U barcha davrlarning eng buyuk jangchisi”, — dedi Uayt The Big Podcast dasturida.
Eslatib o‘tamiz, Jons(27-1-1 N/C) o‘tgan yilning mart oyida Siril Ganni birinchi raundda enganidan beri oktagonga chiqmadi. U noyabr oyida Stipe Miochich(20-4) bilan jang o‘tkazishi kutilmoqda.
Fikrlar