
MMA: Asrorbek Anvarjonov Osiyoda tengsiz!
Xabaringiz bor, bugun Dushanbe shahrida MMA bo‘yicha Osiyo chempionatining final bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Yoshlar va kattalar toifasida o‘tkazilayotgan ushbu chempionatining yoshlar (18-20 yosh) toifasidagi eng og‘ir vaznda (120,2 kg) oltin hamda kumush medallar ham o‘zbekistonliklarga nasib etdi.
Kecha mezbon sportchisini ajoyib tarzda nokautga uchratib, finalga yo‘l olgan, Asrorbek Anvarjonov hal qiluvchi bahsda yana bir vakilimiz Shohjahon To‘raqulovni mag‘lub etib, yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni nomiga sazovor bo‘ldi.
O‘zi o‘rnida har ikki jangchimizni ushbu natija bilan tabriklab qolamiz!
Fikrlar