
MMA: 8 nafar vakilimiz Osiyo chempionati finaliga yo‘l oldi!
Bugun, Tojikistonda davom etayotgan MMA bo‘yicha Osiyo chempionatining yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu bosqichga etib kelgan 17 nafar vakilimizdan 8 tasi qit’a g‘olibligi uchun yurishni davom ettirsa, 9 ta sportchimiz Osiyo chempionatini bronza medali bilan yakunladi.
Yarim engil vazn (65, 8 kg):
Shukurjon Rustamov - Isomiddin Zokirov(Tojikiston) (G‘alaba, FINAL);
O‘rta engil vazn (61,2 kg, Qizlar)
Otaqulova Zebiniso - Shohona Chozoeva (Tojikiston) (G‘alaba, FINAL);
Engil vazn (70.3 kg)
O‘g‘iloy Jumanova-Janerka Jamalbekova (Qozog‘iston). (G‘alaba, FINAL);
Engil vazn (70.3 kg)
Husenjon Isomiddinov-Umar Safarov (Tojikiston). (G‘alaba, FINAL);
Yarim o‘rta vazn (77,1 kg )
Shahriyorbek Mamatqulov - Gubin Daniil (Qozog‘iston). (G‘alaba,FINAL);
Yarim og‘ir vazn (93 kg)
Musin Muminjonov-Biloliddin Ne’matov (Tojikiston). (G‘alaba, FINAL);
Og‘ir vazn (120.2 kg)
Shohjahon To‘raqulov- Nuradil Kairberganov (Qozog‘iston). (G‘alaba, FINAL ;
Og‘ir vazn (120.2 kg)
Asrorbek Anvarjonov- Kavshidil Muxammad Feroz (Tojikiston). (G‘alaba, FINAL):
Shu tariqa Osiyo chempionatida hal qiluvchi final janglari qoldi xolos. Shu o‘rinda ushbu bosqichga etib kelgan sportchilarimizga omad tilaymiz! Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar