
Mirjalol Qosimov uzoq kutgan futbolchisini jamoasiga olib keldi
"Qo‘qon-1912" futbolchisi Oybek Rustamov faoliyatini AGMK tarkibida davom ettiradi.
Qo‘qonliklar matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, 25 yoshli yarim himoyachi olmaliqliklar bilan 1 yillik shartnomaga imzo chekdi. U ijara asosida harakat qiladi, transfer huquqi esa "Qo‘qon-1912"da saqlanib qoladi.
Avvalroq, saytimiz jurnalisti Jaloliddin Qobiljonov "Telegram"dagi sahifasi orqali ushbu transfer haqida ma’lumot bergandi.
"Konchilar" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov oldin ham ushbu transferga bir necha bor harakat qilgan.
Fikrlar