
Mirjalol Qosimov jamoasi uchun tarix takrorlandi, yoshlar ilk bor chempionga aylandi
AGMK jamoasi uchun 2021 yilgi futbol mavsumi yakunlandi. Superliganing hal qiluvchi bahsida kumush medal uchun kechgan uchrashuvda penalti o‘yin taqdirini hal etib, AGMK chempionatni o‘tgan yilgi kabi tarixdagi eng yaxshi natijasini takrorlab, mavsumni 3-o‘rinda tugatdi.
Jamoa yil davomida jami 36 o‘yin o‘tkazdi. Superligada - 26, OChL - 7 va kubok o‘yinlarida 3 bellashuvda maydonga chiqdi. O‘tkazilgan 36 uchrashuvda 18 g‘alaba, 9 durang va 9 mag‘lubiyat qayd etildi. To‘plar farqi: 53-43.
AGMK uchun joriy mavsum yangi tajriba bo‘ldi. Jamoa tarixda ilk bor OChL guruh bosqichida o‘ynadi va Osiyoning etakchi jamoalari bilan tengma-teng kurashdi. Kubokda ham yarim finalga qadar etib keldi va chempionatdagi eng yaxshi natijasini takrorladi.
AGMK yoshlar jamoasi esa ilk bor Yoshlar Birinchiligida chempionlik unvonini qo‘lga kiritib, klub tarixida kichik yorqin sahifa ochdi!
Fikrlar