
Millatlar ligasi. Angliya va Italiya murosa ko‘chasini tanladi
Uefa Millatlar ligasi guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan Angliya - Italiya uchrashuvi yakuniga etdi. Unda jamoalar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.
O‘yin hujumlarga boy bo‘ldi. Biroq har ikkala jamoa gol urishning uddasidan chiqmadi.
Ayni vaqtda Italiya o‘z guruhida 5 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. 2 ochkosi bor inglizlar so‘nggi pog‘onani band etgan.
Fikrlar