
"Milan" o‘z legionerlariga Italiyaga qaytishni buyurdi
"Milan" klubi rahbaryati legioner futbolchilarga murojaat qildi va ulardan kelasi payshanba kunigacha jamoa qarorgohiga kelishni so‘radi.
Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 4 maydan boshlab Italiya klublari mashg‘ulotlarni boshlashlari mumkin. Chempionat o‘yinlari esa may oyi oxirida davom ettiriladi.
Klub qarorgohiga ayni damda o‘z vatanida bo‘lib turgan Zlatan Ibragimovich, Rafaeel Leau, Xakan Chalxanoglu, Simon Ker, Asmir Begovich va Lukas Paketa etib kelishi kerak. Ular Milanga kelishgach, 2 haftalik karantinga olinishadi.
“Milan” 26 turdan so‘ng A Seriya musobaqa jadvalida 7-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar