
"Milan" MYu yarim himoyachisi bilan muzokara o‘tkazmoqda
"Manchester Yunayted"ning serbiyalik yarim himoyachisi Nemanya Matich faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, "rossonerilar" rahbariyati 31 yoshli futbolchining mutasaddilari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Ma’lumot uchun, Matichning "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida yakuniga etadi.
Joriy mavsumda serbiyalik yarim himoyachi MYu libosida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gollik uzatma muallifi bo‘ldi.
Fikrlar