“Milan” muxlislari uchun kutilgan xushxabar

  • 7 iyul, 2022, 20:19
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" "Krotone"dan hujumkor yarim himoyachi Junior Messiasning to‘liq sotib olganini e’lon qildi. 31 yoshli braziliyalik “rossonerilar” bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Italiya klubi hali kelishuvning moliyaviy tomonlarini oshkor qilmadi.

Tecno

Junior Messias 2021/2022 yilgi mavsumda "Milan"da ijara asosida o‘ynagan. Futbolchi “qizil-qoralar”ning barcha musobaqalar doirasidagi 32 ta o‘yinida maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, “Milan” yakungan mavsum Italiya chempioniga aylandi. “Rossonerilar” 11 yil ichida ilk bor Skudettoni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

messis

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!