"Milan" "Monako" futbolchisini ko‘zlamoqda

  • 14 iyul, 2021, 15:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Monako" klubi va Senegal terma jamoasining chap qanot himoyachisi Fode Ballo-Ture "Milan"ning qiziqishiga sabab bo‘la boshladi. Bu haqda Foot Mercato nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, hozirda klublar 24 yoshli futbolchining transferi masalasida faol muzokaralar olib borishmoqda. Transfer summasi bonuslardan tashqari 8 million evroni tashkil qilishi mumkin.

Ballo-Ture o‘tgan mavsumda "Monako" tarkibida jami 29 ta o‘yin o‘tkazdi. U ushbu uchrashuvlarda jamoasining 5 ta goliga assistentlik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar imzolangan.

“Monako” o‘tgan mavsum Frantsiya chempionatida “Lill” va PSJdan so‘ng 3-o‘rinni egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!