
"Milan" jamoa yulduziga narx belgiladi
"Milan" hujumchisi Rafael Leau Angliya premer-ligasiga yo‘l olish mumkin. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar bermoqda.
25 yoshli vinger xizmatiga APLning ikki top-klubi qiziqish bildirmoqda. "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" yozgi transferlar oynasida futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.
"Milan" portugaliyalik futbolchi uchun 100 million evro taklif qilinsa, u bilan xayrlashishga tayyor.
Leauning "rossonerilar" bilan tuzilgan shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallagan. Rafael 2019 yilning avgustidan beri Milan jamoasida to‘p tepib kelmoqda.
Fikrlar