
"Milan" ikki futbolchini qanday qilib bo‘lmasin tarkibda saqlab qolmoqchi
"Milan" klubi rahbariyati himoyachi Alessio Romanoli va hujumchi Ante Rebichlarni tarkibda saqlab qolmoqchi.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “rossonerilar” ushbu ikki futbolchi jamoani tark etmasligi uchun ularga qo‘shimcha bonuslar taklif qilishga ham tayyor.
Romanolining "Milan" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Buning uchun esa futbolchining yillik maoshini 3,5 million evrodan 5 milliongacha ko‘tarib berishga tayyor.
Rebich esa “Milan”da ijarada to‘p surmoqda. Uning transferini “Ayntraxt”dan to‘liq sotib olish milanliklarga 25 milliondan 40 million evrogacha tushishi mumkin.
Fikrlar