
"Milan" hujumchisini Ispaniyada olib qolishmoqchi
Mavsumni “Sevilya” safida ijarada o‘tkazayotgan “Milan” forvardi Suso “San Siro”ga qaytmasligi mumkin.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, andalusiyaliklar 26 yoshli ispaniyalik futbolchinining transferini to‘liq sotib olishga qaror qilishgan. Aytish kerakki, Susoning “Sevilya” bilan ijara shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. Shundan so‘ng La Liga klubi uni 20 mln evroga xarid qilishi mumkinligi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Suso joriy mavsum 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar